11-sentyabr kuni Yunusobod, Bektemir va Yangihayot tumanlarining ayrim hududlarida ta‘mirlash ishlari sabab tabiiy gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati xabar berdi.
Yunusobod tumanining “Turkqo‘rg‘on”, “U. Shirin”, “Jomiy”, “Yangiariq” va “Iftixor” mahallalari hamda Akmal Po‘lat ko‘chasida soat 09:00 dan 18:00 gacha gaz bo‘lmaydi.
Cheklov 2,8 mingta yerli xonadon, 8 ta ko‘p qavatli uydagi 600 ta xonadon hamda 95 ta ulgurji iste‘molchiga ta‘sir qiladi.
Bektemir tumanining “X. Boyqaro” mahallasi, X. Boyqaro ko‘chasida soat 10:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz ta‘minoti to‘xtatiladi. Natijada 3 ta ko‘p qavatli uydagi 260 ta xonadon va 2 ta ulgurji iste‘molchi gazsiz qoladi.
Yangihayot tumanining “Binokor” mahallasida esa soat 10:00 dan 17:00 gacha tabiiy gaz bo‘lmaydi. Cheklov 178 ta yerli xonadon va 11 ta ulgurji iste‘molchiga ta‘sir qiladi.
Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.