Toshkent shahar Sergeli tumanining ayrim hududlarida 14-sentyabr kuni tabiiy gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.
Ta‘mirlash ishlari sabab soat 10:00 dan 17:00 gacha quyidagi hududlarda gaz ta‘minoti cheklanadi:
“Xalqobod” MFY, Qo‘yliq-5 mavzesi — 23 ta ko‘p qavatli uy, 746 ta xonadon;
“Madaniyat” MFY, Qo‘yliq-5 mavzesi — 18 ta ko‘p qavatli uy, 518 ta xonadon;
“Birdamlik” MFY, Qo‘yliq-6 mavzesi — 14 ta ko‘p qavatli uy, 436 ta xonadon;
“Shukrona” MFY, Qo‘yliq-7 mavzesi — 11 ta ko‘p qavatli uy, 424 ta xonadon.
Shuningdek, 22 ta ulgurji iste‘molchiga ham tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.
Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda bosqichma-bosqich tiklanadi.