Qo‘rg‘ontepada ilk o‘rta asrlarga oid haykalning bosh qismi topildi

Topilma qadimgi So‘g‘d san‘ati hamda o‘sha davrdagi diniy marosimlarni o‘rganishda muhim manba bo‘lishi mumkin.

Samarqand viloyati Urgut tumanidagi Qo‘rg‘ontepa yodgorligida ilk o‘rta asrlarga oid gips haykalning bosh qismi topildi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar berdi.

Topilma Samarqand arxeologiya instituti xodimlari olib borayotgan qazishma ishlari davomida ibodatxona qoldiqlari orasidan aniqlangan.

Mutaxassislarning qayd etishicha, haykalning yuz tuzilishi, soch turmagi va boshqa ikonografik xususiyatlari qadimgi So‘g‘d san‘atining o‘ziga xos jihatlarini o‘rganishda qimmatli manba hisoblanadi.

Shuningdek, qazishmalar davomida aniqlangan xonalar qoldiqlari va boshqa topilmalar ibodatxonaning ichki tuzilishi va vazifasi hamda bu yerda o‘tkazilgan diniy marosimlar haqida yangi ma‘lumotlar olish imkonini bermoqda.

So`nggi xabarlar