Namanganda 66 yoshli ayol 4 metrlik quduqqa tushib ketdi

FVV qutqaruvchilari ayolni quduqdan olib chiqib, tibbiyot xodimlariga topshirdi. Uning ahvoli yaxshi.

12-sentyabr kuni Namangan viloyati Chust tumanida 66 yoshli ayol 4 metr chuqurlikdagi quduqqa tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Hodisa “Xo‘jaobod” MFY Muqimiy ko‘chasidagi xonadonlardan birida sodir bo‘lgan. Ayol ehtiyotsizlik oqibatida o‘z xonadonidagi quduqqa tushib ketgan.

Soat 06:46 da “112” tizimiga kelib tushgan xabardan so‘ng qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borib, ayolni quduqdan xavfsiz olib chiqqan va tibbiyot xodimlariga topshirgan.

FVV ma‘lumotiga ko‘ra, ayolning ahvoli yaxshi, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

So`nggi xabarlar