Yunus Rajabiy uy-muzeyi 14-sentyabrdan 2027-yil 30-mayga qadar tashrif buyuruvchilar uchun vaqtincha yopiladi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, muzey ashyolari va kolleksiyalari xatlovdan o‘tkazilib, binoda ta‘mirlash-tiklash ishlari amalga oshiriladi.
Loyiha doirasida isitish va sovutish tizimlari to‘liq modernizatsiya qilinadi, zamonaviy muzey talablariga mos ekspozitsiya shakllantiriladi hamda infratuzilma takomillashtiriladi.
Belgilangan ishlar yakunlangach, Yunus Rajabiy uy-muzeyi tashrif buyuruvchilar uchun faoliyatini qayta tiklaydi.