“Tashabbusli budjet”ning ikkinchi mavsumida 23,5 mingdan ortiq loyiha kelib tushdi

Endi 4–18-avgust kunlari loyihalarni saralash bosqichi o‘tkaziladi.

“Tashabbusli budjet”ning 2026-yilgi ikkinchi mavsumida loyiha kiritish bosqichi yakunlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, loyiha kiritish bosqichi 15-iyuldan 3-avgustga qadar davom etgan. Bu davrda platformaga jami 23 551 ta loyiha kelib tushgan.

Endilikda 4-avgustdan 18-avgustga qadar kelib tushgan loyihalarni saralash bosqichi o‘tkaziladi.

Vazirlik fuqarolarni o‘z hududlaridagi muammolarni hal etishda faol ishtirok etishga chaqirdi.

So`nggi xabarlar