Yangiyo‘ldagi nasos stansiyasida 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

Qoidabuzarlik hisoblagichning ulanish sxemasini o‘zgartirish orqali sodir etilgani aytilmoqda.

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi nasos stansiyasida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda O‘zenergoinspeksiya xabar berdi.

Qoidabuzarlik Chirchiq–Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga qarashli nasos stansiyasida hisoblagichning ulanish sxemasi o‘zgartirilgani oqibatida sodir etilgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, noqonuniy elektr energiyasi iste‘moli natijasida elektr ta‘minoti korxonasiga 1 mlrd 448 mln so‘m zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan tegishli tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

So`nggi xabarlar