Toshkentning Yangihayot va Sergeli tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati xabar berdi.
Bunga Yangihayot tumani “Tashabbus” mahallasi Sergeli 5A mavzesidagi eski gaz taqsimlash punkti hamda hududdagi yerosti gaz quvurini almashtirish ishlari sabab bo‘lmoqda.
Yangihayot tumanida “Yo‘ldosh”, “Mash‘al”, “Olchazor”, “Xushnud”, “Navqiron”, “Yorqin hayot”, “Charog‘on”, “Chorbog‘”, “Viqor”, “Al-Farg‘oniy”, “Do‘stlik”, “Iqbol”, “Toshkent”, “Fayzli” va “Chortoq” mahallalaridagi iste‘molchilar gazsiz qoladi.
Sergeli tumanida esa “Mehrigiyo”, “O‘zgarish”, “Habibiy”, “Madadkor”, “Ziynat”, “Ezgulik”, “Yangi Sergeli”, “Sohibqiron”, “Sofdil”, “So‘g‘diyona”, “Ittifoq”, “Nilufar”, “Saxovat”, “Qipchoq”, “Qut-baraka” va “Daryo bo‘yi” mahallalarida gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Cheklovlar mazkur hududlardagi yerli xonadonlar, ko‘p qavatli uylar hamda ulgurji iste‘molchilarga taalluqli.
Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, gaz ta‘minoti bosqichma-bosqich qayta tiklanadi.