Uchtepa tumanida fuqarolarning 574,6 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda A.B. va M.B. o‘zlarini “Vatanparvar” MFY hududidagi 29-sonli uyning boshqaruv organi rahbari sifatida ko‘rsatgani aniqlangan.
Ular mazkur uydagi xonadonlarda yashovchi fuqarolardan jami 574,6 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganlikda gumonlanmoqda.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.