Uchko‘prik tumani hokimi lavozimiga ishga joylashtirish uchun $210 ming so‘ragan shaxs ushlandi

U kelishilgan pulning $100 mingini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Farg‘ona viloyatida Uchko‘prik tumani hokimi lavozimiga ishga joylashtirib qo‘yishni va‘da qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma‘lum qildi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.A. fuqaro I.D.ning ishonchiga kirib, o‘zini hakamlik sudi sudyasining yordamchisi sifatida tanishtirgani aniqlandi.

U yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali I.D.ni $210 ming evaziga Uchko‘prik tumani hokimi lavozimiga ishga joylashtirib qo‘yishni va‘da qilgan.

S.A. kelishilgan pulning $100 mingini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddalari (firibgarlik) hamda 28, 211-moddalari (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

So`nggi xabarlar