Xalqaro qidiruvda bo‘lgan fuqaro Turkiyadan O‘zbekistonga qaytarildi

U firibgarlikda ayblanib, 1,5 yil davomida xalqaro qidiruvda bo‘lgan.

Firibgarlikda ayblanib 1,5 yil davomida xalqaro qidiruvda bo‘lgan A.A. Turkiya hududida qo‘lga olinib, O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

O‘zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasidagi hamkorlik natijasida qidiruvdagi shaxs aniqlanib, belgilangan tartibda O‘zbekistonga topshirilgan.

A.A. O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan qidiruvda bo‘lgan. 

U tergov va sud jarayonlarini davom ettirish uchun vakolatli organlarga topshirildi.

So`nggi xabarlar