Toyloq tumanida “Energosavdo” muhandisi 500 dollar bilan ushlandi

U 20 mln so‘mlik jarimani bekor qildirish va yangi elektr hisoblagich o‘rnatib berish evaziga pul olgan.

Samarqand viloyatining Toyloq tumanida “Energosavdo” tuman bo‘limi muhandisi 500 dollar olayotgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Qayd etilishicha, muhandis P.M. fuqaro M.E.ga qo‘llanilgan 20 mln so‘mlik jarimani bekor qildirish hamda yangi elektr hisoblagich o‘rnatib, hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 500 dollar talab qilgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda u 500 dollarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

So`nggi xabarlar