Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida fuqaroni oliy ta‘lim muassasasiga o‘qishga kiritishni va‘da qilib, pul olgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Fuqaro X.T. D.O.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki Qozog‘istondagi oliy ta‘lim muassasalaridan birida 1–3-bosqichlarda o‘qiganini tasdiqlovchi soxta hujjatlarni tayyorlatishini aytgan.
Shuningdek, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali uni Buxoro Innovatsion ta‘lim va tibbiyot universitetining tibbiyot yo‘nalishi 4-bosqichigao‘qishga kiritib qo‘yishni va‘da qilgan.
U 26 mln so‘mni olayotgan vaqtida tezkor tadbir davomida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlikka suiqasd) hamda 28, 211-moddasi (pora berish jinoyatiga suiqasd) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.