Jizzaxdan qariyb 3 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish aniqlandi

Korxonaga qarashli suv nasoslari o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulanilgan.

Bosh prokuratura shtabi tomonidan Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda O‘zenergoinspeksiya xabar berdi.

Tekshiruv davomida “J.Z.M.” xususiy korxonasiga qarashli suv nasoslari o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulangani va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelingani ma‘lum bo‘ldi.

Qoidabuzarlik oqibatida elektr ta‘minoti korxonasiga 2 mlrd 948 mln so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi.

So`nggi xabarlar