Toshkentning ikki tumanida gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Ta‘mirlash ishlari sabab Sergeli va Uchtepa tumanlaridagi ayrim iste‘molchilar gazsiz qoladi.

8-sentabr kuni Toshkentning Sergeli va Uchtepa tumanlaridagi ayrim hududlarda tabiiy gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati ma‘lum qildi.

Sergeli tumanida soat 10:00 dan 17:00 gacha “Qubaytepa” MFYning Sa‘diy ko‘chasida gaz ta‘minoti to‘xtatiladi. Cheklov 356 ta xonadon va 12 ta ulgurji iste‘molchiga ta‘sir qiladi.

Uchtepa tumanida esa soat 11:00 dan 17:00 gacha “Jurjoniy” MFYning Yu. Sakkokiy ko‘chasidagi iste‘molchilarga tabiiy gaz yetkazib berilmaydi. Natijada 380 ta xonadon va 38 ta ulgurji iste‘molchi gazsiz qoladi.

Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.

So`nggi xabarlar