Qorasuv — Bo‘ka — Bekobod yo‘lida YTH sodir etgan Cobalt haydovchisi ushlandi

Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.

Qorasuv — Bo‘ka — Bekobod avtomobil yo‘lida 15-avgust kuni soat 09:30 da yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda hodisa joyidan ketib qolgan Cobalt avtomobilining davlat raqami ko‘rinmagani sababli uning qidirilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

IIBB ma‘lum qilishicha, shu kunning o‘zida Cobalt haydovchisi — 30 yoshli X.A.ning shaxsiga aniqlik kiritilib, u ushlandi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

So`nggi xabarlar