Shavkat Mirziyoyev 30-iyul kuni davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Cho‘lponota shahrida oliy darajada ikki tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, prezident Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining norasmiy Maslahat uchrashuvi tadbirlarida ishtirok etadi.