“O‘zbekfilm”ning 1 mlrd so‘mdan ortiq soliq qarzi to‘liq qoplandi

Shuningdek, 22 mln yevrolik kredit majburiyatini hal etish bo‘yicha ish olib borilmoqda.

“O‘zbekfilm” kinostudiyasining 1 mlrd so‘mdan ortiq soliq qarzdorligi to‘liq qoplandi. Bu haqda Kinematografiya agentligi direktori Jahongir Ahmedov ma‘lum qildi.

Shuningdek, qarzdorlik sabab auksionga qo‘yilish arafasida turgan 12 ta avtomobil kinostudiya ixtiyoriga qaytarildi.

Ahmedovning ta‘kidlashicha, endilikda xodimlar oldida to‘planib qolgan 3 mlrd so‘mdan ortiq ish haqi qarzdorligini qoplash rejalashtirilmoqda.

Kinostudiya zimmasida 22 mln yevro miqdoridagi kredit majburiyati ham mavjud. 

“O‘zbekfilm”ni 10 gektarlik yer maydoni bilan birga garovdan ozod qilish hamda kredit majburiyatini hal etish bo‘yicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda ish olib borilmoqda.

So`nggi xabarlar