Bosh prokuratura shtabi tomonidan Toshkent shahrining Olmazor tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq ikkita holat aniqlandi. Bu haqda O‘zenergoinspeksiya xabar berdi.
Xususan, “Z. S.” MChJga qarashli korxona elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 963,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgani ma‘lum bo‘ldi.
Shuningdek, Olmazor tumanidagi “T. M. S.” MChJga qarashli noturar binoda ham elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati qayd etildi.
Mazkur qoidabuzarlik natijasida elektr ta‘minoti korxonasiga 227,8 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.
Aniqlangan ikki holat bo‘yicha yetkazilgan zarar miqdori jami 1 mlrd 191,3 mln so‘mni tashkil etadi.