Olmazor tumanining ayrim hududlarida 14-avgust kuni soat 11:00 dan 15:00 gacha tabiiy gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati xabar berdi.
Cheklov “Islom ota” MFYdagi 1 ta ko‘p qavatli uyning 312 ta xonadoni hamda 2 ta ulgurji iste‘molchiga ta‘sir qiladi.
Ta‘mirlash ishlari Qora-Qamish 1/2 dahasidagi mavjud ikkita gaz taqsimlash punkti o‘rniga yangi, zamonaviy punktlarni o‘rnatish bilan bog‘liq.
Ishlar yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti belgilangan tartibda qayta tiklanadi.