Markaziy Osiyo energetika tizimidagi avariya O‘zbekistonda elektr ta‘minotiga ta‘sir qildi

Surxondaryo va boshqa ayrim viloyatlarda elektr ta‘minotida uzilishlar kuzatildi.

Qo‘shni mamlakat energetika tizimida yuz bergan avariya Markaziy Osiyo energetika tizimiga ta‘sir ko‘rsatdi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Natijada Surxondaryo va boshqa ayrim viloyatlarda elektr ta‘minotida uzilishlar kuzatildi.

Hozirda O‘zbekistonda energetiklar tomonidan elektr ta‘minoti bosqichma-bosqich tiklanmoqda. 

Vazirlik holat bo‘yicha qo‘shimcha ma‘lumot berilishini bildirdi.

Markaziy Osiyoning bir qator shaharlarida ham elektr ta‘minotida ommaviy uzilishlar kuzatilmoqda. Xususan, Bishkek, Olmaota va Dushanbeda elektr energiyasi ta‘minotida uzilishlar qayd etilgan.

So`nggi xabarlar