Bosh prokuratura Toshkent shahridagi noqonuniy qurilishlar haqida xabar berishga mo‘ljallangan maxsus Telegram-botni ishga tushirdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
@noqonuniyqurilishbot orqali poytaxtdagi noqonuniy qurilish obyektlari haqida tezkor ma‘lumot yuborish mumkin.
Bot shaharning me‘moriy qiyofasini saqlash, shaharsozlik normalariga rioya etilishini ta‘minlash va noqonuniy qurilishlarning oldini olishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida ishga tushirilgan.