O‘zbekistonda 2−8-sentabr kunlari “Muzeylar haftaligi” o‘tkazilmoqda. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar berdi.
Haftalik davomida agentlik tizimidagi davlat muzeylari, muzey-qo‘riqxonalari hamda uy-muzeylariga bepul tashrif buyurish mumkin.
Xususan, agentlik tizimidagi jami 114 ta davlat muzeyi va muzey-qo‘riqxonasida tashrif buyuruvchilar uchun bepul kirish imkoniyati yaratilgan.
Tashrif buyuruvchilar muzeylardagi tarixiy va san‘at eksponatlari, milliy meros namunalari hamda qadimiy yodgorliklar bilan tanishishlari mumkin.