O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan 31-avgust va 1-sentabr kunlari muzeylar va tarixiy yodgorliklarga kirish chiptalariga 20% gacha chegirma beriladi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar berdi.
Chegirmadan barcha yoshdagi fuqarolar foydalanishi mumkin. U Madaniy meros agentligi tizimidagi 114 ta davlat muzeyi va muzey-qo‘riqxonalari hamda tarixiy yodgorliklarda amal qiladi.
Shuningdek, bayram kunlari madaniy meros obyektlarida mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda turli madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar, yarmarkalar va bayram aksiyalarini tashkil etish rejalashtirilgan.