26-avgust kuni Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati xabar berdi.
Soat 10:00 dan 17:00 gacha “Alisherobod” MFYning Milliy bog‘ ko‘chasidagi 28 ta hamda “Chingeldi” MFYning shu ko‘chasidagi 763 ta xonadonda gaz bo‘lmaydi.
Shuningdek, mazkur hududlardagi 15 ta ulgurji iste‘molchiga ham tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.
Cheklovlar “Mirzo Ulug‘bektumangaz” gaz ta‘minoti bo‘limi tomonidan gaz quvurlarini bir tarmoqqa o‘tkazish ishlari olib borilishi bilan bog‘liq.
Ishlar yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti belgilangan tartibda qayta tiklanadi.