Migratsiya agentligida 1 mlrd so‘mdan ortiq budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi

Amalda ishlamagan xodimlarga 931,6 mln so‘m ish haqi to‘lab berilgan.

Migratsiya agentligida 1 mlrd so‘mdan ortiq budjet mablag‘larini talon-toroj qilish holati fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Tergovga qadar tekshiruvda agentlikning mas‘ul shaxslari agentlik xodimlari B.D. va N.A.ga amalda ishlamagan davri uchun 931,6 mln so‘m ish haqi hisoblagani aniqlangan.

Shuningdek, intizomiy jazo chorasi amal qilayotgan davrda Mehnat kodeksi talablariga zid ravishda yana 8 nafar xodimga 88,5 mln so‘m to‘lab berilib, budjet mablag‘lari o‘zlashtirilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

So`nggi xabarlar