Po‘lat Bobojonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan davlat rahbarining kadrlar bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.
Prezident Administratsiyasi tuzilmasini maqbullashtirish ishlari doirasida prezidentning kadrlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimi va uning bo‘linmasi tugatildi.
Davlat mukofotlari va geraldika sohasida yagona davlat siyosatini yuritish hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan yaqindan hamkorlik qilish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish Komplayens xizmatining qo‘shimcha faoliyat yo‘nalishi etib belgilandi.
Mahalla instituti faoliyatining samaradorligini yana-da oshirish prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmasining qo‘shimcha faoliyat yo‘nalishi bo‘ldi.