Farg‘onada Kadastrlar palatasi filiali rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Mansabdor noqonuniy qurilgan savdo do‘koniga chora ko‘rilmasligi evaziga $600 olgan.

Farg‘ona viloyatida Davlat kadastrlari palatasining tuman filiallaridan biri rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda DXX xabar berdi.

Mansabdor 1990-yilda tug‘ilgan fuqaroning noqonuniy qurilgan savdo do‘koniga nisbatan Kadastr agentligi tuman bo‘limi tomonidan tuzilgan dalolatnomani bekor qildirish va unga qonuniy chora ko‘rilmasligini ta‘minlash evaziga iyul oyi boshida $600 olgan.

Biroq filial rahbari va‘dasini bajarmasdan, fuqaroga $500ni qaytarib bergan.

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida holat fosh etilgan.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

So`nggi xabarlar