Ish haftasi davomida havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi

12−13-avgust kunlari ayrim hududlarda harorat 41−42 darajagacha yetishi kutilmoqda.

Joriy hafta davomida O‘zbekiston hududida issiq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Kunduz kunlari havo harorati 37−40 daraja atrofida bo‘lib, 12−13-avgust kunlari ayrim joylarda 41−42 darajagacha ko‘tariladi. Kechalari esa harorat asosan 21−26 darajani tashkil etadi.

Hafta davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat 10-avgust kuni kunduzi Toshkent viloyatining ayrim joylarida, shuningdek, haftaning ayrim kunlarida respublikaning tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Shimoliy va cho‘l hududlarida, shuningdek, 14-avgust kuni respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 13−18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi ehtimoli bor.

Toshkentda 10-avgust kuni kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 11−14-avgust kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Poytaxtda kechasi havo harorati 23−26 daraja, kunduzi 37−40 daraja bo‘ladi. 12−13-avgust kunlari esa harorat 41 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Shamol sharqdan 3−8 metr/sekund tezlikda esadi.

So`nggi xabarlar