Qashqadaryo viloyatidagi “Hisor” davlat qo‘riqxonasida qor yog‘di. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi xabar berdi.
Qo‘riqxonada havo harorati keskin pasayib, Miraki va G‘elon bo‘limlarining yuqori hududlari qor bilan qoplangan.
“Hisor” davlat qo‘riqxonasi 1983-yilda Hisor tizmasining shimoli-g‘arbiy tarmoqlaridagi tabiiy komplekslarni saqlash, noyob o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish maqsadida tashkil etilgan.
Qo‘riqxona G‘elon, Miraki, Tanxozdaryo va Qizilsuv bo‘limlaridan iborat bo‘lib, uning umumiy maydoni 80,9 ming gektardan ortiq. Shundan 24,3 ming gektari o‘rmon bilan qoplangan.