O‘zbekistonda hafta oxiriga borib havo 40 darajagacha isiydi

Haftaning ikkinchi yarmida harorat 2−3 darajaga ko‘tariladi, ayrim hududlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

24−28-avgust kunlari O‘zbekistonda asosan quruq va biroz issiq ob-havo kuzatiladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Haftaning birinchi yarmida havo harorati iqlimiy me‘yorga yaqin bo‘lib, kunduzi 32−35 darajani tashkil etadi. Ikkinchi yarmida esa harorat 2−3 darajaga ko‘tarilib, 35−38 darajagacha, janubda 39−40 darajagacha yetadi.

Kechalari havo harorati asosan 18−23 daraja atrofida bo‘ladi.

24−28-avgust kunlari havo biroz bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Faqat 24-avgust kuni Toshkent va Farg‘ona viloyatlarining ayrim tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

Shamol 7−12 m/s tezlikda esadi. 24-avgust kuni ayrim joylarda uning tezligi 13−18 m/s gacha kuchayib, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 24−26-avgust kunlari 32−35 daraja, 27−28-avgustda esa 35−37 daraja bo‘ladi. Kechalari harorat 18−21 darajani tashkil etadi.

Poytaxtda shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi, 24-avgust kuni 11−14 m/s gacha kuchayib, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

So`nggi xabarlar