Xorazm viloyatining Gurlan tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Odilbek Artiqov nomzodi xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ko‘rib chiqilib, tuman hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Artiqov tayinlovga qadar O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.