Farg‘ona va Namangan viloyatlarida fuqarolarni noqonuniy ravishda Umra ziyoratiga yuborish bilan bog‘liq holatlar aniqlandi. Bu haqda DXX xabar berdi.
Qo‘qon shahrida faoliyat yurituvchi sayyohlik firmasi rahbari ikki nafar fuqaroni “Umra” safariga yuborishni va‘da qilib, ulardan 2200 dollar talab qilgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda u so‘ralgan pulni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Namangan viloyatining Chortoq tumanida esa sayyohlik firmasi xodimi ikki nafar fuqaroni “Umra” safariga yuborish evaziga 2200 dollar talab qilgan.
U oldindan 400 dollar olayotgan vaqtida ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.