Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo harorati 34 darajagacha ko‘tariladi

Ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, 4−5-sentabr kunlari esa ayrim joylarda shamol kuchayib, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

4-sentabr kuni O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Farg‘ona vodiysi viloyatlari va respublikaning tog‘li hududlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ertalab biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.

Dam olish kunlari respublika bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

4−5-sentabr kunlari havo harorati hududlarning katta qismida kunduzi 28−33 daraja, janubda 35 darajagacha, Farg‘ona vodiysida esa 23−28 daraja atrofida bo‘ladi. Kechasi va erta tongda harorat 13−18 darajani tashkil etadi.

Yakshanba, 6-sentabr kuni havo harorati 2−3 darajaga ko‘tarilishi kutilmoqda.

Shuningdek, 4−5-sentabr kunlari shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarda shamol tezligi ayrim joylarda 13−18 m/s gacha kuchayib, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Toshkentda dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 4-sentabr kuni 30 daraja, shanba kuni 30−32 daraja, yakshanba kuni esa 32−34 daraja atrofida bo‘ladi.

Poytaxtda kechasi harorat 16−18 darajani tashkil etib, sharqdan 5−10 m/s tezlikda shamol esadi.

So`nggi xabarlar