Toshkentda Cobalt haydovchisi elektrovelosiped yetaklab ketayotgan piyodani urib yubordi

Hodisa Qatortol ko‘chasidagi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyida sodir bo‘lgan.

Toshkent shahrining Chilonzor tumani, Qatortol ko‘chasida 9-sentabr kuni soat 22:30 larda yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

1993-yilda tug‘ilgan haydovchi Cobalt avtomobilini boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan elektrovelosipedini yetaklab o‘tayotgan 2005-yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborgan.

Hozirda holat yuzasidan YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

So`nggi xabarlar