Chirchiq daryosidan noqonuniy qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida 1,9 trln so‘mlik zarar aniqlandi

Gumonlanuvchilar ruxsatnomasiz 101,2 ming kub metr qum-shag‘al qazib olgan.

“Chirchiq” daryosi o‘zanidan ruxsatnomasiz qum-shag‘al olish natijasida 1,9 trln so‘mlik zarar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

“B.I.” MCHJ masʼul shaxslari Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududidan oqib o‘tuvchi “Chirchiq” daryosi o‘zanidan maxsus texnikalar yordamida tegishli ruxsatnoma olmasdan 101,2 ming m3 qum-shag‘al qazib olgan.

Natijada davlat va jamiyat manfaatlariga 1,9 trln so‘m zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) va 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiisteʼmol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

So`nggi xabarlar