Ikkita hududda 468 mln so‘mlik ichimlik suvidan noqonuniy foydalanish aniqlandi

Holatlar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Chilonzor tumani va Zarafshon shahrida jami 468,4 mln so‘mlik ichimlik suvidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Chilonzor tumanida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.O.” MChJ mas‘ul shaxslari “Nafosat” MFY hududidagi qurilish obyektida umumiy foydalanishdagi ichimlik suvi tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulangani aniqlangan.

Natijada korxona 366,6 mln so‘mlik ichimlik suvidan noqonuniy foydalangan.

Zarafshon shahrida esa “Z.G.” MChJ rahbari Sh.T. korxona binosida umumiy foydalanishdagi ichimlik suvi tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 101,8 mln so‘mlik ichimlik suvidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

So`nggi xabarlar