12-avgust kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha Bektemir tumanining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, “Ustozlar”, “Namuna”, “Ittifoq”, “Zumrad”, “Barhayot” va “Nurli yo‘l” mahallalari, shuningdek, Shodiyona, Shodlik hamda Bekshox ko‘chalaridagi iste‘molchilarga tabiiy gaz yetkazib berilmaydi.
Ta‘mirlash ishlari 1 350 ta xonadon va 25 ta ulgurji iste‘molchini qamrab oladi.
Ishlar yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.