Xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi.
Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev Bo‘ka tumani hokimi lavozimiga Murod Abdazimov nomzodini tavsiya qildi. Deputatlar uning nomzodini ma‘qullab, tuman hokimi etib tasdiqladi.
Murod Abdazimov bunga qadar Agrobankning Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Bo‘ka tumanining avvalgi hokimi Sardor Isoqulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgandi.