5-avgust kuni soat 03:00 atrofida Jizzax shahridagi Islom Karimov ko‘chasida Gentra avtomobili ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB xabar berdi.
Dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, Sharof Rashidov tumanida yashovchi, 2005-yilda tug‘ilgan haydovchi O.U. avtomobilni boshqarib ketayotib rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.
Hodisa oqibatida haydovchi shifoxonaning jonlantirish bo‘limida ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.
Avtomobilda yo‘lovchi bo‘lgan 2008-yilda tug‘ilgan I.M.ga esa tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.