Shavkat Mirziyoyevning Serbiyaga rasmiy tashrifi doirasidagi tadbirlarning navbatdagisi Belgrad ko‘chalaridan biriga “Toshkent” nomini berish marosimi bo‘ldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Yetakchilar mazkur qaror bugun strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan O‘zbekiston – Serbiya ko‘p qirrali munosabatlarining jadal rivojlanib borayotganining ifodasi ekanini taʼkidladi.
Toshkent ko‘chasi xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va mehr-oqibat rishtalarini yanada mustahkamlashga qatʼiy intilishning yorqin ramziga aylanishiga ishonch bildirildi.