Bektemirning ayrim hududlarida gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Ta‘mirlash ishlari sabab 190 ta xonadon va 1 ta ulgurji iste‘molchi gazsiz qoladi.

Toshkent shahar, Bektemir tumanining ayrim hududlarida 7-sentabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati ma‘lum qildi.

Cheklov “Zabardast” mahallasining Ziyokor, Parkent trakt va Bog‘i Eram ko‘chalaridagi iste‘molchilarni qamrab oladi.

Natijada 190 ta yerli xonadon hamda 1 ta ulgurji iste‘molchining gaz ta‘minoti vaqtincha uziladi.

Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.

So`nggi xabarlar