Bektemir tumanining ayrim hududlarida 19-avgust kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati xabar berdi.
Bunga “Iyk Ota” MFYning Fidoiylar ko‘chasidan o‘tgan gaz quvurini xavfsiz joyga ko‘chirish ishlari sabab bo‘ladi.
Ta‘mirlash ishlari davomida 420 ta yerli xonadon hamda 9 ta ulgurji iste‘molchiga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.
Ishlar yakunlangach, gaz ta‘minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.