Bektemir tumanining ayrim hududlarida gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Cheklovlar 360 ta xonadon va 6 ta ulgurji iste‘molchini qamrab oladi.

Bektemir tumanining “Ustozlar” MFY hududida 3-sentabr kuni tabiiy gaz ta‘minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati xabar berdi.

Gaz taqsimlash punktini demontaj qilish ishlari sabab soat 10:00 dan 18:00 gacha Ittifoq, Zumrad va Namuna ko‘chalaridagi iste‘molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish to‘xtatiladi.

Cheklovlar 360 ta yerli xonadon hamda 6 ta ulgurji iste‘molchiga ta‘sir qiladi.

Ishlar yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.

So`nggi xabarlar