Toshkentning Bektemir tumani ayrim hududlarida 21-avgust kuni tabiiy gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta‘minoti filiali matbuot xizmati xabar berdi.
Soat 10:00 dan 18:00 gacha “Zabardast” mahallasining Parkent trakti ko‘chasidagi 380 ta xonadon hamda 8 ta ulgurji iste‘molchiga gaz yetkazib berish to‘xtatiladi.
Bunga hududdagi eskirgan gaz taqsimlash punktini yangi va zamonaviy qurilmaga almashtirish bo‘yicha ta‘mirlash va rekonstruksiya ishlari sabab bo‘lmoqda.
Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti belgilangan tartibda qayta tiklanadi.