Bektemir tumanining ayrim hududlarida gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Cheklov 4 ta ko‘p qavatli uydagi 250 ta xonadonga ta‘sir qiladi.

10-sentabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha Bektemir tumanining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati xabar berdi.

Bunga hududda ta‘mirlash ishlari olib borilishi sabab bo‘lmoqda.

Xususan, “Iqbol” MFY, Suvsoz dahasidagi 16-, 16-A, 16-B va 17-B-ko‘p qavatli uylarda gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Cheklov 4 ta ko‘p qavatli uydagi 250 ta xonadonga ta‘sir qiladi.

Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.

So`nggi xabarlar