Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidan o‘tuvchi yo‘lda 3-sentabr kuni soat taxminan 18:30 da Isuzu avtobusi va Lacetti avtomobili ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB YHXB xabar berdi.
1964-yilda tug‘ilgan avtobus haydovchisi qayrilib olish mumkin bo‘lgan joydan ortga qayrilayotgan vaqtda qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, 1997-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Lacetti bilan to‘qnashgan.
YTH oqibatida Lacetti haydovchisi hamda avtobusdagi ikki nafar yo‘lovchi birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga olib ketilgan.
Hozirda holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.