Andijonda 1,3 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Qoidabuzarliklar Andijon shahri, Paxtaobod va Asaka tumanlaridagi uchta noturar binoda qayd etildi.

Andijon viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq uchta holat aniqlandi. Bu haqda O‘zenergoinspeksiya ma‘lum qildi.

Andijon shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirida yakka tartibdagi tadbirkor Q.Sh.ga qarashli noturar bino elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangani aniqlandi. Noqonuniy foydalanilgan elektr energiyasi qiymati 725 mln so‘mga baholandi.

Paxtaobod tumanida YTT N.Sh.ga qarashli binoda ham shunday qoidabuzarlik qayd etilib, ta‘minot korxonasiga 480 mln so‘m zarar yetkazilgan.

Asaka tumanidagi “R.M.” MChJga qarashli noturar binoda aniqlangan noqonuniy foydalanish natijasida yetkazilgan zarar esa dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 136,6 mln so‘mni tashkil etdi.

Uchta holat bo‘yicha jami zarar qariyb 1,34 mlrd so‘mni tashkil etadi.

So`nggi xabarlar