Abdumajid Shermuxamedov Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Tayinlov IIV vazirining tegishli buyrug‘i bilan amalga oshirilgan.
Abdumajid Shermuxamedov bunga qadar Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Yangi rahbar Andijon viloyati xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tanishtirildi.
Sessiyada hududdagi kriminogen vaziyat ham muhokama qilinib, Shermuxamedov zimmasiga jinoyatchilikni jilovlash, mahallalarda xavfsiz muhitni mustahkamlash, aholi murojaatlari bilan manzilli ishlash hamda mavjud muammolarni tizimli hal etish bo‘yicha vazifalar yuklatildi.